
"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Cule Mania nashri tarqatgan xabarga ko'ra kataloniyaliklar murabbiylar shtabi niderlandiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "Barselona" himoyachi uchun taxminan 25 million evro taklif qilishga tayyor. Ispan klubi bir yil oldin Frimpong bilan shartnoma imzolash masalasini muhokama qilgandi, ammo "Barselona" moliyaviy cheklovlar tufayli bu transferdan voz kechdi. O'shanda "Bayer" transfer uchun 40 million evro so'ragan.
24 yoshli Frimpong "Bayer" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Fikrlar 0