[readimg]https://stadion.uz/images/news/vela5.jpg[/readimg] [b]AQShning "Los-Andjeles Gelaksi" klubi yarim himoyachisi Jonatan Dos Santos jamoadoshi Karlos Velaga Kataloniyaning “Barselona” klubidan taklif borligi haqida gapirib o'tdi. "Velaga "Barselona" klubi taklif yuborgani haqidagi xabarlar to'g'ri. Lekin u qanday tanlovni amalga oshirishini bilmayman. Lekin shuni aniq ayta olamanki, u AQShda baxtli. U jamoada sardor va to'purar, uni juda qadrlashadi. Lekin "Barselona" klubiga o'tish– o'sish uchun ajoyib imkoniyat". Umid qilamanki, Vela "Barsa"ga o'tishga rozi bo'ladi, - dedi Dos Santos W Radio radiostantsiyasiga bergan intervyusida.[/b]