"PSJ" markaziy himoyachisi Markinos Braziliya terma jamoasidagi jamoadoshi Rafinya Dias haqida fikr bildirdi.

"Barselona" vingeri mavsumni ajoyib o'tkazmoqda va "Oltin to'p" uchun kurashda favoritlardan biri hisoblanadi. Markinosning so'zlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" hujumkor etakchisida sovrinni qo'lga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor.

"Rafinya - aqldan ozgan. Hozirda biz allaqachon terma jamoada ko'rgan uning salohiyatini hamma ko'rib turibdi. U juda aqlli. Unda bu yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun hamma narsa bor," - dedi "Pari Sen-Jermen" futbolchisi matbuot anjumanida.