"Barselona" markaziy himoyachisi Inigo Martines umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Bungacha futbolchi mushaklaridagi jarohat tufayli safdan chiqqan edi. Shuning uchun u Millatlar ligasida Ispaniya terma jamoasida ham o'ynamadi.

"Barselona" navbatdagi o'yinini 27 mart kuni "Osasuna"ga qarshi o'tkazadi.

Joriy mavsumda 33 yoshli ispaniyalik 34 ta o'yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.