Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pedri polshalik darvozabon Voytsex Shesnining jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Men Shesnining jamoada qolishini istardim. U zo'r yigit. Unga gol urish va unga bosim o'tkazish qiyin. U bilan muloqot qilish men uchun qiziq, Voytsex jamoamizning bir qismi ekanligidan xursandman", - deydi yarim himoyachi.

Shesnining Kataloniya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi. Joriy mavsumda polshalik darvozabon 16ta o'yinda qatnashdi.