"Barselona" hujumchi Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Ispaniyalik futbolchi tarkibdagi o'rnini yo'qotdi, lekin ketishga shoshilmayapti. U klubdagi eng ko'p maosh oluvchi uchinchi futbolchi bo'lib qolmoqda.

Kataloniya grandi keyingi ikki mavsum davomida forvardga taxminan 26 million evro to'lashi kerak, shundan so'ng uning amaldagi shartnomasi yakuniga etadi. Diario Sport xabariga ko'ra, "blaugrana" rahbariyati yuqoridagi summani to'lashni uzoqroq muddatga tarqatish uchun Fati bilan kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirmoqchi.

Ehtimol, bu variant Ansuning o'ziga mos keladi, u boshqa joyda shunga o'xshash sharoitlarga ega bo'lishi dargumon.