Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o'rin olgan "Chelsi" - "Manchester Siti" (3:0) uchrashuvining javob bahsi yakunlandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, London klubi "shaharliklar"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Natijada turnirning barcha yarim final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final juftliklari:

"Arsenal" - "Lion";"Barselona" "Chelsi."

Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali Lissabondagi "Joze Alvalade" stadionida bo'lib o'tadi.

"Barselona" Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi. O'tgan turning finalida Kataloniya klubi "Lion"ni mag'lubiyatga uchratdi. "Ko'k-anorranglilar" Frantsiya klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi.