"Barselona" kecha La Liga qoldirilgan o'yinida "Osasuna"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yin yakunida zaxiraga olingan Pedri sardorlik bog'ichini Gaviga tashlab ketdi. 21 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona" sardori bo'lish hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sardorlik bog'ichini taqish – men uchun ulkan sharaf. Men bolaligimdan "Barcelona"ga muxlislik qilib kelaman va bu mening orzum edi", - dedi Gavi o'yindan so'ng.