"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo "Osasuna"ga qarshi La Liga o'yinida (3:0) jarohat oldi.

26 yoshli ispaniyalikning mushaklarida muammo paydo bo'ldi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Olmo ushbu jarohat sabab 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.

Futbolchi bugun to'liq tekshiruvdan o'tkaziladi.