
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsum yakunida qancha bonus to'lovlar olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Diario Sport nashri xabariga ko'ra, 36 yoshli forvard La Ligadagi g'alaba uchun o'z g'aznasiga qo'shimcha 600 ming evro qo'shib oladi. Agar "Barselona" chempionlik va kubokni qo'lga kirita olsa, Levandovski 800 ming evro oladi, deya xabar beradi manba.
Ta'kidlanishicha, polshalik hujumchi Chempionlar ligasida g'alaba qozonsa, yana 1 million evro, treblni qo'lga kiritsa, 2 million evro ishlab oladi.
28-turdan keyin "ko'k-anorranglilar" 63 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.
Fikrlar 0