"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklar hujumi etakchisi Rafinyaning "Atletiko"ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final javob o'yinidan oldingi holati haqida gapirdi.

— Rafinya ertaga o'ynashga tayyormi?

— Ha. U tayyor", - deb javob berdi nemis mutaxassisi jurnalistlar savoliga.

Ma'lumot uchun, "Atletiko" - "Barselona" bellashuvi 2 dan 3 aprelga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:30 da start oladi.