Bugun Ispaniya kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko" - "Barselona" javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

AS nashri xabariga ko'ra, Rafinya "Atletiko"ga qarshi o'yinda argentinaliklardan qasos olmoqchi.

"Barcelona" vingeri ArgentinaBraziliya o'yini paytida yuz bergan mojaro va psixologik bosim tufayli "Atletiko" safidagi argentinalik futbolchilardan – Rodrigo De Paul, Nauel Molina, Xulian Alvares va Juliano Simeonedan qasos olishni istamoqda. U maydonda oldingi keskinliklar uchun javob qaytarishga tayyor!