"Atletiko"ga qarshi bahsda Lamin Yamal golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" Ispaniya Kubogi yarim finalida madridliklar mehmoni bo'lmoqda (1:0 - tanaffus).

17 yoshli vinger o'yinning 27-daqiqasida Ferran Torresning goliga assistentlik qildi.

Endilikda Yamalning hisobida joriy mavsum "Barselona" safida 41 ta o'yinda 13 ta gol va 17 ta assist mavjud.