"Barselona" Ispaniya Kubogi finaliga chiqish bo'yicha rekordni yangiladi.

Xansi Flik jamoasi yarim finalda "Atletiko"dan ustun keldi (4:4, 1:0) va hal qiluvchi bahsda "Real" bilan to'qnash keladi.

Bu "ko'k-anorranglilar" tarixidagi 43-Ispaniya kubogi finali bo'ladi. U bu ko'rsatkich bo'yicha "Real"dan 2 o'yin, "Atletik"dan 3 o'yin oldinda bormoqda.

Kataloniyaliklar 31 marta turnirda g'olib chiqqan, 11 marta ikkinchi o'rinni egallagan.