
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoaning o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.
"To'g'risini aytsam, futbol o'ynashdan hech qachon bunchalik zavq olmaganman. Men faoliyatimdagi eng yaxshi formadaman," - deya Pedrining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0