"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qishki transfer oynasida jamoa himoyachisi Erik Garsiyani qo'yib yubormaganini aytdi.

"Erik Garsiyaga boshqa klubdan taklif bor edi, lekin men unga u menga kerakligini aytdim", - deya Flik so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Romannoning aytishicha, Italiyaning "Komo" klubi 24 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Barselona"ga 7 million evro taklif qilgan.