"Barselona" prezidenti maslahatchisi Enrik Massipning aytishicha, klub jamoaning sobiq sardori Lionel Messiga munosib hurmat ko'rsatilishini ta'minlaydi.

"Hech qanday shubha yo'qki, Messi o'zi munosib bo'lgan hurmatni oladi - agar u buni xohlasa. Messi ketganida Laporta klub uchun eng yaxshi bo'lgan ishni qildi.

Bu uni qattiq ranjitdi, chunki ularning munosabatlari mustahkam edi, ammo bu qilish kerak bo'lgan og'ir tanlov edi," - dedi Masip.

Avvalroq OAVda Messi qisqa muddatga Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hujumchining bo'lajak jahon chempionatiga optimal formada kelish uchun Evropada o'ynash istagi borligi aytildi.