"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real"ning mag'lubiyati haqidagi savolga javob berdi.

La Liganing 30-turidan o'rin olgan bugungi o'yinda “oqlar” kutilmaganda o'z maydonida “Valensiya”ga mag'lub bo'ldi (1:2). 

"Barselona" - "Betis" uchrashuvi boshlanishidan oldin jurnalistlar "ko'k-anorranglilar" menejeridan chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqibining muvaffaqiyatsizligi haqida izoh berishni so'rashdi.

"Real Madrid"ning mag'lubiyati?" Biz bor e'tiborimizni bugungi ishimizga qaratganmiz.

Biz "Real Madrid"ning o'yinini ko'rmadik. Bizning maqsadimiz - o'z o'yinimizda g'alaba qozonish", - dedi Flik.