Darvozabon Voytsex Shesnaning "Barselona"dagi mag'lubiyatsiz seriyasi 20 o'yinga etdi. Shanba kuni "ko'k-anorranglilar" "Betis" bilan ochko bo'lishdi (1:1). Kataloniyaliklar darvozaboni o'z darvozasiga berilgan ikki zarbadan birini qaytardi.

34 yoshli polshalik maydonga tushganda Xans-Diter Flik jamoasi hali ham mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. 17 holatda g'alaba, yana uch marta durang qayd etildi.

Voytsex Shesni "Barselona" safiga o'tgan yilning oktyabr oyida kelib qo'shilgan edi. Yanvar oyida "Yuventus"ning sobiq posboni avvalroq jarohat olgan Mark-Andre ter Shtegen o'rnini egallagan Inyaki Penyani asosiy tarkibdan siqib chiqargandi.