Opta ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" Chempionlar ligasining asosiy favoriti hisoblanadi.

Kecha Arteta shogirdlari turnirning chorak finali ilk uchrashuvida Madridning “Real” klubini yirik 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Parallel o'yinda "Inter" "Bavariya"ni mag'lub etdi (2:1).

Hozir Opta superkompyuteri londonliklarning yarim finalga chiqish imkoniyatlarini 96 foizga, turnirda g'alaba qozonish imkoniyatini esa 28,4 foizga baholamoqda. Madridliklar keyingi bosqichga chiqish uchun 4% va chempionlik uchun 1,1% imkoniyatga ega.

Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun favoritlar reytingi quyidagicha:

1. «Arsenal» – 28,4%;

2. «Barselona» – 22,4%;

3. «Inter» – 21,1%;

4. «PSJ» – 18,8%;

5. «Bavariya» – 3,7%;

6. «Aston Villa» – 3,2%;

7. «Borussiya» Dortmund – 1,3%;

8. «Real» – 1,1%.