Lamin Yamal EChL rekordini o'rnatdi.

"Barselona" vingeri "Borussiya" Dortmundga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Bu uning turnirdagi 20-o'yini bo'ldi.

Yamal 18 yoshgacha shuncha o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'lgan birinchi futbolchiga aylandi. Hozir u 17 yoshda.

Boshqa hech bir futbolchi 18 yoshga to'lguniga qadar 10 tadan ortiq o'yin o'tkazmagan.