Himoyachi Kleman Lengle "Atletiko"da ijarada o'ynamoqda. Mundo Deportivo nashri o'z sahifalarida ma'lum qilishicha, Madrid klubi futbolchini o'z safida olib qolmoqchi. Ammo muammo bor - "matraschilar" 10 million evro to'lashga tayyor emas. "Barselona" frantsuzni sotish uchun aynan shuncha pul so'ramoqda. "Atletiko" futbolchining yoshini hisobga olib, bu summani juda katta deb hisoblamoqda (iyun oyida Langle 30 yoshga to'ladi).

Shu bilan birga, Lenglega "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Turinliklar futbolchining narxi bo'yicha "Barselona" talabini qondirishga tayyor bo'lishi mumkin.

2024/2025 yilgi mavsumda Kleman Lengle 29 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.