Robert Levandovski Chempionlar ligasida turli klublar safida gol urish bo'yicha rekord o'rnatdi.

"Barselona" forvardi Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinda (4:0) dubl qayd etdi. Polshalikning ushbu turnirdagi gollari soni 11 taga etdi.

Levandovski Chempionlar Ligasi tarixida uchta turli klub: "Barselona", ​"​Bavariya" va "Borussiya Dortmund" uchun bitta turnirda kamida 10 ta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi.