
Kataloniyaning “Barselona” klubining polshalik darvozaboni Voytsex Shesni “Borussiya Dortmund” bilan UEFA Chempionlar ligasining 2024/2025-yilgi mavsumi 1/4 finali doirasidagi ilk o'yindan so'ng buyragida o'tkir og'riqni his qildi.
Manbaga ko'ra, shifokorlar dastlab darvozabonda appenditsit bor deb taxmin qilishgan, biroq Shesnining buyragida tosh borligi ma'lum bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, Voytsex ulardan operatsiyasiz qutulgan.
Joriy mavsumda Shesni “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol o'tkazib yuborgan va 11 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar 0