"Barselona" vingeri Rafinya "Borussiya Dortmund" darvozasiga to'p kiritganidan so'ng uning kataloniyaliklar safidagi umumiy gollari soni 48 taga etdi.

Bu natija bilan 27 yoshli braziliyalik "ko'k-anorranglilar" tarixida eng ko'p gol urgan braziliyalik futbolchilar ro'yxatida afsonaviy Ronaldoni (47 ta gol) ortda qoldirdi.

Klubda braziliyaliklar orasida Rafinyadan ko'proq Ronaldino (94), Neymar (105), Evaristo (105) va Rivaldo (130) gol urgan.