"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kataloniyaliklar himoyachisi Inigo Martines haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Uni bizning sistemaga adaptatsiyasi, qanday o'nayotgani - xayratlanarli. Men uchun u asosiy futbolchilardan biri.

U xaqiqiy lider. Jamoa uchun borini beradi. U - ko'pchilik uchun na'muna", - dedi 60 yoshli mutaxassis "Leganes"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida.

33 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum jami 38 ta o'yinda 3 ta gol urib, 5 ta assist berdi.