"Barselona" yaqin orada Rafinya bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Tovon puli 80-90 million evro etib belgilanadi.

Hozirgi shartnoma 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.

Rafinya joriy mavsumda kataloniyaliklar uchun 45 ta o'yinda 28 ta gol urib, 22 ta assist berdi.