UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining javob o'yinlariga hakamlarni tayinladi.

Seshanba kuni bo'lib o'tadigan "Borussiya Dortmund" - "Barselona" o'yinini Mauritsio Mariani boshchiligidagi italiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

“Aston Villa” – “PSJ” uchrashuvini ispaniyalik hakam Xose Mariya Sanches Martines boshqarib boradi.

Frantsiyalik hakam Frantsua Letekse chorshanba kuni bo'lib o'tadigan "Real Madrid" - "Arsenal" uchrashuviga tayinlandi.

“Inter” – “Bavariya” uchrashuvini sloveniyalik Slavko Vinchich boshqarib boradi.