"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesni o'ng tizzasining son payini yorilishidan tuzalib ketayotgan jamoadoshi Mark-Andre ter Shtegen haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

"Men bu erda Ter Shtegenni almashtirish va "Barsa"ga yordam berish uchun keldim. Agar Flik Ter Shtegenga tayanishga qaror qilsa, men buni hurmat qilaman. Bizning munosabatlarimiz juda zo'r", dedi darvozabon.

Joriy mavsumda Shesni "Barselona" safida barcha turnirlar doirasida 22 ta o'yin o'tkazib, 18 ta gol o'tkazib yuborgan va 12 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.