[readimg]https://championat.asia/upload/storage/533983_680.jpg[/readimg] [b]“San Paulu” klubi himoyachisi Dani Alves sobiq jamoasi “Barselona”ning mashg'ulotlarini kuzatdi. Sport.es tarqatgan xabarlarga ko'ra, 36 yoshli futbolchi Kataloniya poytaxtiga shaxsiy ishi bo'yicha kelgan. Paytdan foydalanib, futbolchi ko'k-anorranglilar mashg'ulotiga ham tashrif buyurgan va sobiq jamoadoshlari bilan ko'rishgan. Alves 2008 yilning yozida “Sevilya”dan “ Barselona”ga ko'chib o'tgandi. Himoyachining transferi kataloniyalikalarga 35,5 million evroga tushgandi. 2016 yilning yozida futbolchi erkin agent sifatida “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi. “ Barselona” tarkibida braziliyalik futbolchi 391 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urishga ham muvaffaq bo'lgandi. Jamoa bilan u naqd 24 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Eslatib o'tamiz, Dani Alves jahon futboltarixidagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi. Faoliyati davomida u 40 ta sovringa ega chiqqan.[/b]