"Barselona" qanot himoyachisi Jyul Kunde Angliya Premer-ligasi grandida qiziqish uyg'otdi.

Sport nashri xabariga ko'ra, Londonning "Arsenal" klubi yozgi transfer oynasida 26 yoshli frantsuzni sotib olishga jiddiy harakat qiladi.

Kunde hozirda Transfermarkt portalida 60 million evroga baholanmoqda. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.