Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasidagi "Borussiya"ga qarshi o'yinni sarhisob qildi.

"Barselona" turnirning chorak finalida "Borussiya" Dortmundga javob o'yinida mag'lub bo'ldi (1:3), ammo ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga chiqdi (birinchi o'yin - 4:0).

"Juda yaxshi raqib, muhit ajoyib edi. Bu bizning eng yaxshi kunimiz emas edi. "Dortmund" kabi jamoalar bilan bunday o'yinlar oson emas, ammo biz maqsadga erishdik.

Chempionlar Ligasi - dunyodagi eng yaxshi turnir va yarim finalga chiqqaningizda, bu klub, jamoa va hamma uchun ajoyib.

"Bavariya" va "Inter" o'rtasida hech qanday tanlovim yo'q. Men uyda o'tirib, o'yinni tomosha qilaman va zavqlanaman," - dedi "Barselona" ustozi.