Aurelien Tchuameni "Arsenal"ga qarshi o'yinda markaziy himoyada o'ynaydi.

AS nashri xabariga ko'ra, Karlo Anchelotti frantsiyalik futbolchini Antonio Ryudiger bilan birga markaziy himoyachi pozitsiyasida qo'llashni rejalashtirgan. Himoyaning chap qanotida David Alaba, o'ngda esa Raul Asensio o'ynaydi.

Federiko Valverde ham yarim himoyada o'ynaydi, Jud Bellingham hujumkor o'yinchilar Rodrigo, Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning orqasidan joy oladi.