
Kristof Dyugarri Joze Mourino muvaffaqiyatli murabbiy bo'lishini kutmaganini tan oldi.
- "Barselona"da siz Gvardiola va Mourino bilan uchrashgansiz. Ular ikki buyuk murabbiyga aylanishi aniq edimi?
"Gvardiola - mutlaqo. Mourino van Galning tarjimoni sifatida ishladi va mashg'ulot oxirida to'plarni yig'ib yurardi. Menimcha, u hatto yordamchi ham emas edi.
U nihoyatda aqlli, lekin o'shanda men uning bugungi afsonaga aylanishini xayolimga ham keltirmagandim. U futboldagi eng katta kutilmagan hodisalardan biri", dedi Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Fikrlar 0