Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos Chempionlar Ligasi chorak finalida Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi o'yinda “Los-Blankos”ning mag'lubiyat sabablarini aytib o'tdi.

"Bizga futbol etishmadi, shiddat etishmadi, raqobatbardosh emas edik, duellarda g'alaba qozona olmadik”. "Arsenal" yaxshiroq edi", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

“Arsenal”ga keladigan bo'lsak, londonliklar 2009 yildan buyon ilk bor turnirning yarim finaliga chiqishdi.