"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Selta"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Selta"ning o'ziga xos aniq uslubi va o'yin falsafasi bor. Shuning uchun biz uchun kuchli tomonlarimizni namoyish etish juda muhim", deydi Flik.

Ertaga, 19-aprel kuni Ispaniya La Ligasining 32-turidan o'rin olgan “Barselona” – “Selta” uchrashuvi bo'lib o'tadi.