Chempionlar ligasining yarim finalida to'qnash keladigan jamoalar aniq bo'ldi. Bu bosqichda quyidagi juftliklar o'ynaydi: "Arsenal" — "PSJ", "Barselona" — "Inter".Football Meets Data platformasi Telecomasia.net nashriga tayangan holda, UEFA tomonidan joriy mavsumda Chempionlar ligasida klublarga to'langan mablag'lar bo'yicha hozirgi paytgacha bo'lgan daromadlarni hisoblab chiqdi.Hozircha eng ko'p daromad topgan jamoa — "PSJ" — 119,4 million evro. Ikkinchi o'rinda "Inter" — 118,1 million evro, uchinchi o'rinda "Arsenal" — 117 million evro, to'rtinchi o'rinda esa "Barselona" — 116,6 million evro.Shuningdek, "Bavariya" — 105,9 million evro, Dortmundning "Borussiya" klubi — 102,2 million evro va Madridning "Real" jamoasi — 101,8 million evro ishlab topgan.Manba ta'kidlashicha, bu rasmiy hisob-kitob emas — ma'lumotlar ochiq manbalar asosida tayyorlangan. Mavsum yakunlangach, UEFA odatda rasmiy daromadlar reytingi e'lon qiladi.1. PSJ (Frantsiya)                    – 119,4 mln evro  2. Inter (Italiya)                  – 118,1 mln evro  3. Arsenal (Angliya)                – 117,0 mln evro  4. Barselona (Ispaniya)            – 116,6 mln evro  5. Bavariya (Germaniya)             – 105,9 mln evro  6. Borussiya Dortmund (Germaniya)   – 102,2 mln evro  7. Real Madrid (Ispaniya)          – 101,8 mln evro  8. Bayer Leverkuzen (Germaniya)    – 98,1 mln evro  9. Atletiko Madrid (Ispaniya)      – 87,7 mln evro  10. Aston Villa (Angliya)          – 84,9 mln evro  11. Lill (Frantsiya)                – 83,7 mln evro  12. Manchester Siti (Angliya)       – 74,0 mln evro  13. Benfika (Portugaliya)          – 71,4 mln evro  14. Atalanta (Italiya)             – 67,1 mln evro  15. Yuventus (Italiya)              – 66,4 mln evro  16. PSV Eyndxoven (Niderlandiya)   – 64,6 mln evro  17. Feyenoord (Niderlandiya)       – 63,0 mln evro  18. Milan (Italiya)                – 61,4 mln evro  19. Bryugge (Belgiya)              – 59,1 mln evro  20. Monako (Frantsiya)              – 58,1 mln evro