Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 60 yoshli nemis bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yana 1 yilga uzaytiradi.

Hozirda jamoa La Ligada peshqadam, Ispaniya kubogi finalida va EChL yarim finalida ishtirokini davom ettirmoqda.