"Barselona" La Liganing shanba kuni "Selta"ga qarshi o'yinida "kambek"ni amalga oshirdi va 1:3 hisobidagi mag'lubiyatni 4:3ga aylantirdi.

Biroq o'yin oxiriga kelib Robert Levandovski jarohat oldi.

Bu borada "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Levandovski ertaga MRT tekshiruvidan o'tadi. Natijalarni kutishimiz kerak, keyin esa uning jarohati haqida ko'proq bilib olamiz", - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.