Shanba kuni "Barselona" "Selta"ni 4:3 hisobida engdi, biroq Robert Levandovskidan ayrildi - polshalik hujumchi ikkinchi bo'limda jarohatlanib, o'rniga boshqa o'yinchi tushirildi. Endi Kataloniya klubi futbolchining ahvoli haqida bayonot berdi.

"Yakshanba kuni o'tkazilgan tekshiruvlar Robert Levandovskining chap yarim pay mushaklari shikastlanganini tasdiqladi," - deyiladi "Barselona" xabarnomasida.

"Barselona" 36 yoshli Levandovskining tiklanish muddatini ma'lum qilmayapti. Ammo ba'zi manbalar tiklanish uchun 3 hafta vaqt ketishini yozmoqda.