Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liga chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi.

"Bugungi g'alaba juda muhim, biz kurashni davom ettirmoqdamiz. Kecha "Barselona" o'z uchrashuvida g'alaba qozondi, bugun navbat bizda. Asosiy ijobiy tomonlar ikkinchi bo'limda hujumkor o'yin ko'rsatish va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolish bo'ldi", - dedi Kurtua o'yindan keyingi intervyusida.

“Barselona” “Real”dan 4 ochko oldinda.