"Real Madrid" va "Barselona" Rim papasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bugun Rim papasi Frantsisk 89 yoshida vafot etdi.

“Real Madrid" futbol klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi Rim papasi Frantsiskning vafotidan chuqur afsusda.

"Real Madrid" ushbu tarixiy va dunyoga mashhur shaxsning endi yo'qligi uchun butun katolik jamoatchiligiga hamdardlik bildiradi.

Papa Frantsisk o'zining buyuk merosi ko'lami bilan ajralib turadigan butun pontifikati davomida eng kam ta'minlangan va zaif odamlarni qo'llab-quvvatlash va birdamlik ruhini o'zida mujassam etgan", deyiladi “Real Madrid” saytida.

“Barselona” Rim papasi Frantsiskning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildiradi”, — deb yozadi Kataloniya klubi ijtimoiy tarmoqda.