Barcelona
[b]"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "CHelsi" vingeri Pedroning Kataloniya klubiga qaytish haqidagi istagiga fikr bildirdi.
"Pedro bu klub uchun tarixiy o'yinchi hisoblanadi. U klub bilan ko'plab titullarni qo'lga kiritgan o'yinchilardan biridir.
U boshqa klubda va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Ko'ramiz, kelajakda nima bo'larkan",- deydi Valverde.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi " Barselona" safida 2005-2015 yillarda o'ynagan. Uning "CHelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.[/b]
UB
Fikrlar 0