Portugaliyalik sobiq yarim himoyachi Luish Figu Chempionlar ligasi yarim finalida "Barselona"ning "Inter"ga qarshi bahsi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Birinchi uchrashuv 30 aprel kuni kataloniyaliklar maydonida, javob uchrashuvi esa 6 may kuni Milanda bo'lib o'tadi.

"Barselona" va "Inter" turli uslublarga ega jamoalar. Ammo Simone Indzagi faqat himoyaga tayanadi, deb o'ylagan har bir kishi juda adashadi", - dedi ikkala klubda ham o'ynagan Figu.

"Blaugrana" va "neradzurri" o'rtasidagi duel g'olibi Chempionlar ligasi finalida Londonning "Arsenal" yoki "PSJ" klublari bilan to'qnash keladi.