Belarus terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Gleb "Barselona" ustozi Xans-Diter Flikning faoliyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Barselona" rahbariyati Flikni tayinlashda xato qilmadi. U o'yinni davom ettirdi va kerakli muhitni yaratdi. U futbolchilardan oqilona foydalanadi", - deydi Gleb.

Ayni damda “ko'k-anorranglilar” Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda. Flik shogirdlari eng yaqin ta'qibchisi “Real Madrid”dan 4 ochko oldinda.