Italiya kubogi yarim finalida “Milan” “Inter” ustidan g'alaba qozondi hamda "neradzurrilar"ni trebl yutish imkoniyatidan mosuvo qildi. 

Endilikda “trebl”ni qo'lga kiritish imkoniyatiga faqat “PSJ” va “Barselona” klublari ega.

Chempionlar ligasi yarim finalida frantsuz klubi Londonning “Arsenal”i bilan, “Barselona” esa “Inter” bilan kuch sinashadi.