
Jud Bellingem "Barselona"ga qarshi o'yinning tanaffusida hakamlarga norozilik bildirgan.
"Real" Ispaniya Kubogi finalida 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Madridliklar yarim himoyachisi tanaffusda kiyinish xonasi tomon yo'l olarkan, orqasidagi kimdandir (ehtimol, hakamlardan) shikoyat qilib qichqirdi: "Hamma narsa ularning foydasiga! Barcha bahsli holatlar - ularning foydasiga!"
O'yinni Rikardo de Burgos Bengoechea boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqardi.
Fikrlar 0