"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiylikka Xans-Diter Flikni taklif etish qarori kimdan chiqqanini aytdi.

"Xansi Flikni asosiy jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlash to'g'risidagi qarorni Deku qabul qilgan. Bu Dekuning tanlovi hisoblanadi", - dedi Laporta.

60 yoshli nemisning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.