"Barselona" Jan-Kler Todiboning "Nitstsa"dan "Vest Xem"ga o'tishini naqd qildi.

Avvalroq ingliz klubi 25 yoshli himoyachini "Nitstsa"dan 42 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olgandi.

Todibo "Vest Xem" o'yinchisiga aylandi, shuning uchun "Barsa" shartnomaning 20 foizini oladi. Bu taxminan 8,5 million evro degani.

Todibo Kataloniya klubiga 2019 yilda "Tuluza"dan 1 million evro evaziga kelib qo'shilgan edi.