[b]"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelgusi rejalari haqida yakuniy qarorga kelmagan. Express nashri xabariga ko'ra, Pep Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etgach, " Barselona"ga qaytadi. "SHaharliklar" APL joriy mavsumida chempionlik poygasini deyarli boy bergani tufayli ispaniyalik mutaxassis kelasi yozda jamoani tark etishi taxmin qilinmoqda. Eslatib o'tamiz, Gvardiola 2008-2012 yillarda Kataloniya jamoasini boshqargan. U " Barselona" bilan Ispaniya chempionati (3), Ispaniya kubogi (2), Ispaniya superkubogida (3) muvaffaqiyat qozongan. SHuningdek, ECHL, UEFA superkubogi va Klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqalari 2 martadan zabt etilgan.[/b]